AsosiyJamiyat

Qurbonlar soni ortmoqda: buxorolik bemor koronavirusdan vafot etdi

'Qurbonlar soni ortmoqda: buxorolik bemor koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962 yilda tug`ilgan M.S. koronavirus infeksiyasida gumonlanib, joriy yil 21 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.  

U “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, o`pka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas etishmovchiligi 3-daraja” tashxisi bilan reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Bemor (ayol) bundan avval, so`nggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak etishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida  kunlik ahvoli Buxoro viloyatidagi shifokorlarimiz bilan bir qatorda mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislarining ham   nazoratida bo`lib, ular ishtirokida  konsiliumlar o`tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarimizning standartlar asosida o`tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

 

    Boshqa yangiliklar