AsosiyJamiyat

"Yashil" hududga o`tgan yana 6 ta hududda masjidlar ochildi

'"Yashil" hududga o`tgan yana 6 ta hududda masjidlar ochildi'ning rasmi

Sal avval xabar qilganimizdek 26 iyun holatiga,O`zbekistonda tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro`yxati e`lon qilindi.

Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumani, Namangan viloyati Kosonsoy tumani, Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Termiz, Angor va Uzun tumanlariga “yashil” hudud toifasi berildi.

O`zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 29 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochiladi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

“Qizil” yoki “sariq” hududlardan “yashil” hududlar qatoriga o`tish va masjidlar o`z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo`ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir", - deyiladi xabarda.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar