Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 41 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 34 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 19 nafar, shahar 3-son tug`ruq majmuasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, jami 167 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi. Bu haqda SSV xabar qilmoqda.
Shu tariqa ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 3234 nafar bemor sog`aydi.
Buxoro viloyatida esa “COVID-19”dan tuzalganlarning soni 490 nafarga etdi.
Bugungi kunda Namangan viloyatida koronavirusdan sog`ayganlar soni 281 nafarni tashkil qilmoqda.
Samarqand viloyatida esa jami 393 nafar inson kasallikdan forig` bo`ldi.
Shunday qilib, bugun yurtimizda shu soatgacha 167 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 5496 nafarni tashkil etmoqda.






