AsosiyJamiyat

SSV: Jizzaxda koronavirus oqibatida yana bir o`lim holati qayd etildi

'SSV: Jizzaxda koronavirus oqibatida yana bir o`lim holati qayd etildi'ning rasmi

SSV ma`lumotiga ko`ra Jizzaxda koronavirusdan yana bir o`lim holati qayd etildi.

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi, 72 yoshli otaxon Q.R. joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. 22 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. 

Unda 25 iyun kuni koronavirus aniqlangan. Bemorga “Koronavirus infeksiyasi og`ir kechishi, chap tomonlama bronxopnevmoniya, nafas etishmovchiligi 2-daraja” tashxisi, shuningdek, “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, surunkali yurak etishmovchiligi, qandli diabet og`ir kechishi” qo`shimcha tashxisi ham qo`yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o`tkazilib, nazoratga olingan.

Keyingi kunlarda nafas, yurak va o`pka etishmovchiligi sababli bemorning ahvoli keskin og`irlashib, reanimasiya bo`limiga o`tkazilgan hamda tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir miokard infarkti, o`tkir yurak-qon tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar