SSV xabariga ko`ra, 2020 yil 29 iyun soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8222 (+23) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 2 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 5496 (+167) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 2702 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.