AsosiyJamiyat

Jizzaxda yigit ota-bolalarni "sevgilisi" bilan uchrashib turgan joydan ketishini talab qilib, kaltakladi

'Jizzaxda yigit ota-bolalarni "sevgilisi" bilan uchrashib turgan joydan ketishini talab qilib, kaltakladi'ning rasmi

Jizzaxda yigit cho`pon qizning otasi va ukasini urib tan jarohati etkazdi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Anilanishicha, 2020 yil 24 iyun kuni soat taxminan 17:00 da 29 yoshli B.U. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan mast xolatda “Captiva” rusumli avtomashinasida Jizzax shahar Shodlik MFY Obod ko`chasiga borib “N” ismli qiz bilan suhbatlashib turadi. Shu vaqtda, bu erda voyaga etmagan 14 yoshli M.T. (ayol) va boshqa fuqarolarni chorva boqayotganligini ko`rib, ularni bu erdan ketkazish maqsadida kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqorat qilib, qo`rqitishi natijasida o`zaro gap talashib janjallashib ketadi.  Natijada, B.U., hech bir sababsiz, bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini ko`rgan, voyaga etmagan M.T.,ning otasi L.B. va ukasi B.B. larning tanasining yuz va bosh sohasiga tosh bilan urib, tan jarohati etkazgan.

Natijada fuqaro L.B., va B.B. lar olgan tan jarohatlari bilan RShTIYoMning Jizzax filiali tibbiyot bo`limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan fuqaro B.U.,ga nisbatan Jizzax shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida B.U., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yita dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar