Qirg`iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboev zudlik bilan Milliy xavfsizlik qo`mitasining qamoqxonasidan “ikki tomonlama pnevmoniya" tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.
Davlat qo`mitasi matbuot xizmatining xabariga ko`ra, Atamboevning COVID-19ga qarhi topshirgan testlari salbiy natija ko`rsatgan.
Almazbek Atamboev 2017 yilda hukumatni Sooronbay Jeenbekovga topshirgan edi. Ko`p o`tmay sobiq davlat rahbariga qarshi jinoiy ish qo`zg`atildi.
Eslatib o`tamiz:
63 yoshli sobiq prezident joriy yilning 23 iyun kuni 11 yil va ikki oy qamoq jazosiga hukm qilingan edi.






