1

Maxsus komissyai qarori: 1 iyuldan O`zbekistonda karantin choralari kuchaytiriladi

Jamiyat 30.06.2020, 11:42
Maxsus komissyai qarori: 1 iyuldan O`zbekistonda karantin choralari kuchaytiriladi

Epidemiologik vaziyat yomonlashganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi. Bu haqda SSV xabar bermoqda. 

Joriy yil 1 iyul sanasidan boshlab:

respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug`ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;

qizil” va “sariq” hududlarda soat 07.00 dan 23.00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to`planish hamda 23.00 dan 07.00 ga qadar ko`chalarda, ko`p qavatli uylar va hovlilar oldida bo`lish taqiqlanadi;

Bunda:  

faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko`rigidan o`tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi.

“qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1