Biroz avval xabar berganimizdek, epidemiologik vaziyat yomonlashganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi.
Unga ko`ra joriy yil 5 iyul sanasidan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bog`liq quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tartib joriy etilmoqda:
- kasallik alomatlarisiz kechayotgan engil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud bo`lganda, UY ShAROITIDA davolanishiga ruxsat etiladi;
- shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan engil shakldagi bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda NAZORATDAN ChIQARISh amaliyoti joriy etiladi;
- koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan birlamchi MULOQOTDA BO`LGANLAR 14 kunlik karantin muddatini uy sharoitida yoki tasdiqlangan ro`yxatga asosan mehonxonalarda barcha sanitariya-epidemiologiya va karantin cheklovlariga rioya etgan holda o`tkazishga ruxsat beriladi;
- birlamchi skrining test tahlillari musbat natija bergan namunalarni tasdiqlash tahlillarini o`tkazish vakolati Bosh sanitar shifokor ko`rsatmalaridan kelib chiqib HUDUDIY sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga beriladi;
- aholining populyasion ma`lumotlar bazasini yaratish maqsadida koronavirus antitanachalariga IFA tekshirishlariga, davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda, xususiy sog`liqni saqlash sektoridagi tibbiyot muassasalari ham jalb etilishi mumkin.






