AsosiyJamiyat

5 iyul sanasidan boshlab uy sharoitida davolanishga ruxsat etiladi

'5 iyul sanasidan boshlab uy sharoitida davolanishga ruxsat etiladi'ning rasmi

Biroz avval xabar berganimizdek, epidemiologik vaziyat yomonlashganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi. 

Unga ko`ra, joriy yil 5 iyul sanasidan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bog`liq quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etilmoqda:

  • kasallik alomatlarisiz kechayotgan engil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud bo`lganda, UY ShAROITIDA davolanishiga ruxsat etiladi;
  •  shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan engil shakldagi bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda NAZORATDAN ChIQARISh amaliyoti joriy etiladi;
  • koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan birlamchi MULOQOTDA BO`LGANLAR 14 kunlik karantin muddatini uy sharoitida yoki tasdiqlangan ro`yxatga asosan mehonxonalarda barcha sanitariya-epidemiologiya va karantin cheklovlariga rioya etgan holda o`tkazishga ruxsat beriladi;  
  • birlamchi skrining test tahlillari musbat natija bergan namunalarni tasdiqlash tahlillarini o`tkazish vakolati Bosh sanitar shifokor ko`rsatmalaridan kelib chiqib HUDUDIY sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga beriladi;
  •  aholining populyasion ma`lumotlar bazasini yaratish maqsadida koronavirus antitanachalariga IFA tekshirishlariga, davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda, xususiy sog`liqni saqlash sektoridagi tibbiyot muassasalari ham jalb etilishi mumkin.

 

 

Maxsus komissiya qarori bilan joriy etilayotgan boshqa tartiblar:

O`zbekistonda bozorlar haftaning ikki kunida yopilishi belgilandi

5 iyuldan boshlab O`zbekistonda bemorlarni davolash bo`yicha yangi tartib joriy etiladi

14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to`lagan holda mehmonxonada o`tkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi

    Boshqa yangiliklar