Xabaringiz bor, epidemiologik vaziyat yomonlashganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qilindi.
Quyidagi sanitariya-karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilandi:
- ️jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob`ektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig`ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqob va qo`lqopdan hamda antiseptik vositalaridan doimiy ravishda foydalanish;
- yo`nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish, shu jumladan, yo`lovchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish;
- supermarket va boshqa yirik do`konlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo`lqop bilan ta`minlash;






