AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston va Buxoroda fuqarolarni o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan dekan o`rinbosarlari ushlandi

'Qoraqalpog`iston va Buxoroda fuqarolarni o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan dekan o`rinbosarlari ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura Matbuot xizmati "darakchi.uz"ga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib fuqarolardan katta miqdorda pul olayotgan dekan o`rinbosarlari qo`lga tushgani haqida xabar qildi. 

Shulardan biri,  Qoraqalpog`iston Respublikasida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bo`limi tomonidan prokuratura, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi. Nukus davlat pedagogika institutining o`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari D.S. xizmat mavqeidan foydalangan holda, fuqaro T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali mazkur institutga o`qishga kiritib qo`yish evaziga oldindan talab qilgan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa Buxoro muhandaslik texnologiya instituti dekan o`rinbosari M.A. fosh etildi. U Toshkent Davlat irrigasiya va qishloq xo`jaligi mexanizasiya instituti Buxoro viloyat filiali talabasi M.Q. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro O.ni Moskva Davlat Radio elektronika va radio texnika institutiga o`qishga kirishi uchun onlayn tarzda bo`ladigan test sinovlaridan o`tkazib berish evaziga 2 500 AQSh dollari talab qilib, shundan, 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar