AsosiyJamiyat

33 nafar fuqaro ishlash uchun Qozog`iston Respublikasiga jo`nab ketdi

'33 nafar fuqaro ishlash uchun Qozog`iston Respublikasiga jo`nab ketdi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Qozog`iston Respublikasi ish beruvchilari o`rtasida pandemiya davrida O`zbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan ta`minlash maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida mamlakatning turli hududlarida mingdan ortiq bo`sh ish o`rinlari taklif etilib, ularga O`zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo`yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuvga muvofiq, ishchilarning birinchi guruhi - 33 nafar fuqaro 29 iyun kuni “G`isht Ko`prik – Jibek Joli” chegara posti orqali yirik qurilish ob`ektlarida belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozog`iston Respublikasining Sharqiy Qozog`iston viloyatiga tashkillashtirilgan holda jo`nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda. 

Ta`kidlash joiz, joriy yilning aprel oyida Qozog`iston Prezidenti O`zbekiston va Qozog`iston mehnat migrantlari faoliyati va huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi bitimni ratifikasiya qilish to`g`risidagi qonunni imzolagan edi.

Mazkur hujjatda ikki davlat hududlarida migrasiya oqimini tartibga solish va noqonuniy mehnatning oldini olish, shuningdek, kelishuvga binoan, Qozog`istonda mehnat qilayotgan o`zbekistonlik hamda O`zbekistonda ishlayotgan qozog`istonlik mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish ta`minlanadi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Qozog`iston Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam ko`rsatishga yo`naltirilgan tarqatma materiallar tarqatildi.

    Boshqa yangiliklar