AsosiyJamiyat

Yakkabog` tuman obodonlashtirish boshqarmasi hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Yakkabog` tuman obodonlashtirish boshqarmasi hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Yakkabog` tuman obodonlashtirish boshqarmasi hisobchisi va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog` tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yakkabog` tuman obodonlashtirish boshqarmasi bosh hisobchisi Sh.G. va boshqalarning noqonuniy harakatlari fosh bo`ldi.   

2016-2019 yillar davomida 8,1 mln so`mni o`zi va 3 nafar fuqaroning yashash xonadoniga elektr energiyasi to`lovi uchun o`tkazganligi, shuningdek, boshqarma balansidagi ob`ektlardan tushgan 70,7 mln so`m naqd pullarni kirim qilmasdan, o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar