1

Yaponiyada kasallik rivojlanishi ehtimolini oldindan aniqlash uslubi ishlab chiqildi

Salomatlik 30.06.2020, 17:27
Yaponiyada kasallik rivojlanishi ehtimolini oldindan aniqlash uslubi ishlab chiqildi

Yaponiyaning bir guruh olimlari tomonidan inson hayotining keyingi uch yili davomida 20 ga yaqin, jumladan, diabet yoki demensiya ksalliklarining rivojlanish ehtimolini aniq aytib bera oladigan uslubni ishlab chiqdilar.
 

Kiodo agentligining ma`lumotida aytilishicha, Xirosaki va Kioto universiteti olimlari sun`iy intellekt yordamida insonda kamida 20 toifa bo`yicha tibbiy ko`rsatkichlarini tahlil qilish tizimini yaratishga muvaffaq bo`lishgan. Ushbu uslub shuningdek, insonning jismoniy holati, uning genetik tuzilishi, hayot tarzi va zararli odatlarini ham hisobga oladi.

 

Diabet va demensiyadan tashqari, mazkur tizim arterioskleroz, gipertoniya, surunkali buyrak etishmasligi, osteoporoz, semirib ketish, yurakning ishemik xastaliklari va boshqa ko`plab kasalliklarning ham rivojlanishini oldindan aniqlab beradi.

 

Ushbu uslubning ishlab chiqilishi taxminan 20 ming odamning ma`lumotlariga asoslandi. Yaponiyaning shimolida Aomori prefekturasida joylashgan Xirosaki universiteti 2005 yildan buyon ko`nggillilarning malumotlarini kuzatib boradi.
 

"Biz insonda keyingi uch yil davomida qaysi kasallik rivojlanishini yuqori aniqlik darajasida aytib bera olamiz", - deydi Kioto universiteti professori Yasusi Okuno Kiodo agentligiga.
 

Olimlarning ta`kidlashicha, ushbu uslub odamlarga ertaroq kasalliklarning oldini olish imkonini beradi. U bunday kasallikka chalinish ehtimolini oldindan bilsa, zarur choralarni ko`radi va hayot tarzini o`zgartiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1