1

Farg`onada kollejning voyaga etmagan talabasi qamoqxonada qiynoqqa solinyaptimi?

Jamiyat 30.06.2020, 18:52
Farg`onada kollejning voyaga etmagan talabasi qamoqxonada qiynoqqa solinyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bolam jinoyatchi emas!" – IIV kollejining voyaga etmagan talabasi qamoqxonada qiynoqqa solinyapti” sarlavhali xabar tarqaldi. Unda fuqaro N. (ayol) turmush o`rtog`i va farzandiga nisbatan IIO xodimlari tomonidan nohaqlik qilinayotganligini, joriy yilning 26 may kuni Farg`ona shahrining Qirguli mavzesida sodir bo`lgan janjalga go`yoki uning o`g`li B.T.ning hech qanday aloqasi yo`qligini bildirib, videomurojaat yo`llagan.

Farg`ona viloyati IIB ushbu xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Keltirilishicha, internet tarmoqlarida tarqalgan ushbu xabar o`rganilganda, voyaga etmagan B.T. dadasi Sh.T. bilan bir guruh bo`lgani holda 26 may kuni soat 21:30 larda A.To`qay ko`chasidagi “Asr” nomli savdo do`konidan ichimlik suvi olayotib, do`kon egasi Z.T. bilan o`zaro tortishgan vaqtida ushbu janjalga B.T. aralashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Z.T.ning tanasini turli joylariga urgan.

Bundan tashqari, voyaga etmagan B.T. o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, uni bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo`lgan fuqaro T.Sh.ni urib, hayoti uchun havfli bo`lgan og`ir tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga etmagan B.T.ga nisbatan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) va 277-moddasi (bezorilik) bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Ish bo`yicha voyaga etmagan B.T. ning aybi guvohlarning ko`rsatuvlari, daliliy ashyolar, ekspertiza xulosalari hamda boshqa prosessual hujjatlar bilan o`z tasdig`ini topgan.

Shuningdek, barcha tergov harakatlari prosessual tartibda amalga oshirilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov tamomlanib, Jinoyat-prosessual kodeksining 381-moddasi tartibida Farg`ona shahar prokuraturasi orqali tegishli sudlovga taqdim etilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1