Mana amaldagi pasportlarni muddati ham nihoyasiga etay deb qoldi. Amaldagi pasport muddati uzaytirilishi mumkinmi? Bugungi kungacha qancha fuqaro yangi pasport bilan ta`minlandi?
Ushbu savol bilan Darakchi.uz Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi markaz boshlig`i, mayor Sanjar QOSIMOVga murojaat qildi:
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QO`ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA”gi PF-4262 sonli Farmoni talablariga binoan amaldagi O`zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti 2015 yilning 31 dekabriga qadar haqiqiy deb hisoblanadi. Ushbu Farmonda belgilangan muddatning uzaytirilishi hakida esa hozircha hech qanday rasmiy hujjat qabul qilinmagan. Aholi orasidagi “biometrik pasport olish muddati 2016, 2017 yilgacha uzaytirilar ekan” qabilidagi mish-mishlar hozircha asossiz. Bugungi kungacha esa O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy aholisi yangi biometrik pasport bilan ta`minlandi.
Darakchi.uz'ni Telegram'da kuzating!





