AsosiyJamiyat

Karantinni mehmonxonada o`tkazish: narx va tartib-qoidalar ma`lum qilindi

'Karantinni mehmonxonada o`tkazish: narx va tartib-qoidalar ma`lum qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan kirib kelayotgan O`zbekiston fuqarolari va O`zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo`lgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni ixtiyoriy ravishda o`z hisoblaridan mehmonxonalarda karantinga olish tartibi belgilandi.  

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmati karantinni mehmonxonada o`tkazish bilan bog`liq ayrim ma`lumotlarni keltirdi:  

Hozirgi kunda fuqarolarni karantin talablari asosida joylashtirishga etarli sharoit yaratgan va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan mehmonxona faoliyatini yurituvchi tadbirkorlik sub`ektlari ro`yxatlari shakllantirildi. Unga ko`ra:

* 300 ming so`mgacha narxdagi 599 ta o`ringa mo`ljallangan jami - 13 ta,  

* 301-500 ming so`m narxdagi 4256 ta o`ringa mo`ljallangan jami - 54 ta,  

* 501 ming so`mdan yuqori narxdagi 3616 o`ringa mo`ljallangan jami 35 ta mehmonxonalar ro`yxati shakllantirilgan.  

Shu o`rinda, bitta reys orqali O`zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan fuqarolarning karantin davrida sanitar-gigienik xavfsizlik talablari joriy etilgan, Milliy gvardiya tomonidan tunu kun davomida qo`riqlanadigan mehmonxonalarga tartibli joylashtirilishi, aholi o`rtasida koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida mehmonxonalarning ro`yxati har bitta narx toifasidan 3 tadan jami - 9 ta, eng kam narx taqdim qilgan mehmonxonalar kesimida e`lon qilib boriladi. Bunda mehmonxonalar o`rinlari soni karantinga olingan fuqarolar va qayd etilgan bronlar hisobiga to`lgach, ro`yxat yangilanib boriladi.  

 

    Boshqa yangiliklar