AsosiyJamiyat

Yoshlar ittifoqi Yoshlar ishlari agentligiga aylantiriladi

'Yoshlar ittifoqi Yoshlar ishlari agentligiga aylantiriladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.  

Farmonga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (Agentlik) hamda uning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo`limlari tashkil etildi.  

Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlari belgilandi.  

 Agentlik, jumladan, yoshlar bilan bog`liq soha va yo`nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo`nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.  

 Shuningdek, Agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Farmon bilan O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.  

Dasturda, jumladan, O`zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish belgilangan.  

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar Agentlik tomonidan to`g`ridan-to`g`ri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalar taqsimlash orqali moliyalashtiriladi.  

    Boshqa yangiliklar