1

Yaponiyada er ko`chkisi tufayli 70 ming fuqaro evakuasiya qilinmoqda

Dunyo 30.06.2020, 21:25
Yaponiyada er ko`chkisi tufayli 70 ming fuqaro evakuasiya qilinmoqda

Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Kagosima shahridagi 70 mingdan ortiq fuqaroga ko`chki xavfi tufayli evakuasiya qilinishga tayyor turish tavsiya qilindi, deb xabar berdi shahar hokimiyati saytiga tayanib rbs.ru.

Buning sababi kuchli yomg`irlardan keyin ko`chki xavfi paydo bo`lgan. Qariyalar va nogironlarni evakuasiya qilish ishlari esa allaqachon boshlab yuborilganligi aytilmoqda.

Bugun ham mamlakatning g`arbiy va janubi-g`arbiy qismida kuchli yog`ingarchilik kutilmoqda, bu daryolarning toshishi va ko`chkilarni keltirib chiqarishi taxmin qilinmoqda.

Kagosima joylashgan Kyusyu orolining janubiy qismida esa kun davomida 1 iyulga qadar 200 millimetr yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1