AQShdan Parijga parvoz qilayotgan Air France aviakompaniyasining ikki samolyoti portlatish tahdidi sababli manziliga etib bora olmadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Airbus A380 samolyoti bortda portlovchi moslama borligi haqidagi anonim qo`ng`iroqdan so`ng qo`nishga majbur bo`lgan. Los-Anjeles shtatidan Solt-Leyk-Siti xalqaro aeroportiga uchayotgan samolyot bortida 497 nafar yo`lovchi bo`lgan.
“Huquq-tartibot organlari bunday tahdidlarga jiddiy ahamiyat qaratadi hamda xuddi shu tarzda javob qaytaradi”, — dedi Federal qidiruv byurosi agenti Todd Palmer. Uning so`zlariga ko`ra, polisiya mazkur holat bo`yicha tafsilotlarni o`rganmoqda.
Xuddi shunday tahdid sabab Vashingtondan parvoz qilgan “Boing 777” samolyoti ham Kanadaning Galifaks shahri xalqaro aeroportiga qo`nishga majbur bo`lgan. Bortdagi 297 nafar yo`lovchilarning barchasi evakuasiya qilingan.
Darakchi.uz'ni Telegram'da kuzating!





