1

Toshkentda 186 bemor tuzaldi. Jami sog`ayganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda

Jamiyat 30.06.2020, 23:25
Toshkentda 186 bemor tuzaldi. Jami sog`ayganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 25 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 64 nafar, Xorazm viloyatida yana 1 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 113 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3369 nafar bemor sog`aydi.

Xorazm viloyatida esa “COVID-19”dan tuzalganlarning soni 302 nafarga etdi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida koronavirusdan sog`ayganlar soni 240 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida esa 67 nafar bemor infeksiyadan forig` bo`ldi.

Shu tariqa, bugun 186 nafar bemor “COVID-19”dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1