AsosiyJamiyat

Bugundan ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktablariga qabul jarayoni boshlandi

'Bugundan ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktablariga qabul jarayoni boshlandi'ning rasmi

Joriy yilning 1 iyulidan xalq ta`limi tizimidagi ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktablari (5-sinf) va maktab-internatlari (7-sinf)ga 2020-2021 o`quv yili uchun o`quvchilar qabuli jarayoni boshlanmoqda. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasasining 5-sinfi uchun hujjatlar shu yilning 1 — 31 iyul kunlari hamda 7-sinf uchun hujjatlar 1 — 20 iyul kunlari qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalariga iqtidorli o`quvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar bo`yicha o`tkaziladigan test sinovlari (saralash tanlovi) natijalari asosida qabul qilinadi.

Pandemiya sharoitini inobatga olib, ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalarida hujjatlarni onlayn qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalariga o`quvchilar qabuli bo`yicha tanlovlar avgust oyida oliy ta`lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so`ng o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Yurtimizdagi karantin cheklovlari sababli saralash tanlovlarini o`tkazish muddati o`zgartirilishi mumkin.

Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasasi direktori nomiga ariza;

tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;

tibbiy ma`lumotnoma;

3 x 4 hajmdagi 4 ta fotosurat.

Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari ro`yxati:

 

    Boshqa yangiliklar