“Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovasion faoliyatni qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Hujjat bilan 2020-2021 yillarda Toshkent shahrining qurilishi va rekonstruksiya qilinishi zarur bo`lgan yo`l-transport infratuzilmasi ob`ektlarining ro`yxati e`lon qilindi.
Unga ko`ra, Ahmad Donish - Nurafshon ko`chalari kesishmasini (5 ta uchastka) rekonstruksiya qilish, THAY yo`lining Beruniy va Orzu chorrahasidan Malika savdo markazigacha bo`lgan yo`l qismini, Farg`ona yo`li ko`chasini va Yangi Sergeli ko`chasini rekonstruksiya qilish mo`ljallangan.
Shuningdek, Qorasaroy ko`chasi va THAY chorrahasida, THAY va Bog`ishamol ko`chasi kesishmasida, THAY va Farobiy ko`chalari kesishmasida, Amir Temur va Xurshid ko`chalari kesishmasida, THAY va Amir Temur shohko`chasi kesishmasida yo`l o`tkazgich hamda Cho`ponota ko`chasidan Sergeli tumani Qipchoq ko`chasigacha bo`lgan avtomobil yo`li va yo`l o`tkazgich qurilishi rejalashtirilgan.






