AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 5 ta hududida yana 124 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonning 5 ta hududida yana 124 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 1 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8627 (+124) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 85 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 24 nafari Toshkent shahrida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 7 nafari Xorazm viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 5682 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.

 

‼️Hozirda mamlakatimizda 2919 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda

    Boshqa yangiliklar