Bugun, 2020 yil 1 iyuldan Respublika oliy ta`lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro`yxatdan o`tkazish jarayoni boshlanadi.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son (https://t.me/eduuz/2492) Prezident qaroriga muvofiq 2020/2021 o`quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o`qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.