Tehronda joylashgan kasalxonadagi portlash oqibatida 19 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Uzreport xabar bermoqda.
Eron poytaxti Tehronning shimolidagi shifoxonada sodir bo`lgan portlash oqibatida o`n to`qqiz kishi vafot etdi, olti kishi jarohatlandi.
Portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo`lgan, deya xabar berdi Tehron hokimi o`rinbosari Hamid Rizo Gudarzi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Shimoliy Tehron hududida bir nechta portlash sodir bo`lganini, o`t o`chiruvchilar olovni bartaraf etish uchun bino tomiga chiqqanini ko`rish mumkin.
25 nafar xodimi bo`lgan kasalxona asosan engil jarrohlik va tibbiy ko`riklarni amalga oshirib kelgan.
01.07.2020 07:14
Tehronda joylashgan kasalxonadagi portlash oqibatida 19 kishi halok bo`ldi






