AsosiyDunyo

Koronavirusdan himoya qiluvchi taqinchoq ixtiro qilindi

'Koronavirusdan himoya qiluvchi taqinchoq ixtiro qilindi'ning rasmi

NASA koronavirusdan himoya qiluvchi taqinchoq ishlab chiqardi. Uni taqqan odam yuzi va ko`ziga ko`p teginaversa, taqinchoqdagi vibrasiya ishlab ketadi. Ushbu bezak 3D -printerda chop etila boshlaydi. Bu haqda “Daily Mail” nashriga asoslanib qalampir.uz yozmoqda.

Nashrning ta`kidlashicha, infraqizil sensori bo`lgan qurilma odamning yuziga juda yaqin keladigan qo`lni aniqlaydi. U harakatni aniqlaganida, marjonning ichidagi kichik vosita ishlay boshlaydi. Shunday qilib, ishlab chiquvchilar koronavirusning tanaga ko`zlar, shuningdek, burun va og`iz orqali kirishining keng tarqalgan usulini to`xtatishga qaror qilishdi.

Shu bilan birga, NASA ushbu vositani niqob bilan birga, shuningdek, koronavirus infeksiyasidan himoya qiluvchi boshqa vositalar bilan birga foydalanishni tavsiya etgan. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar modelni boshqa ranglarda ham chiqarishga va`da berishdi.

    Boshqa yangiliklar