Fransiya polisiyasi videotasvirlarni o`rganish jarayonida Parijdagi teraktlarda yana bir terrorchi ishtirok etganligini aniqladi va unga nisbatan qidiruv e`lon qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Fransiya poytaxtidagi teraktlarda 9 kishi ishtirok etgan. Ulardan 7 nafari halok bo`lgan: 6 nafari o`zini portlatib yuborgan, yana bir terrorchi polisiya tomonidan otib o`ldirilgan. Terrorchilikka aloqador deb topilgan yana ikki kishi qidirilmoqda.
Eslatib o`tamiz, 14 dan 15 noyabrga o`tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida mamlakat tarixida eng yirik terakt sodir bo`ldi, unda qariyb 153 kishi halok bo`ldi.
.





