“Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog`ini tashkil etish to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.
Qarorga muvofiq, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qo`riqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog`i tashkil etiladi, bu bo`yicha tegishli Hukumat qarori qabul qilinadi.
Ma`lumot uchun: davlat qo`riqxonalari tabiiy ob`ektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo`ladi, uning hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi (ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritishdan tashqari).
Tabiat bog`larining hududlari zonalarga ajratilgan bo`lib, ayrim zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy ob`ektlar va majmualarga zarar etkazmaydigan faoliyatiga yo`l qo`yiladi.






