1

Senat Raisi AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporasiyasi delegasiyasi bilan uchrashdi

Siyosat 01.07.2020, 19:36
Senat Raisi AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporasiyasi delegasiyasi bilan uchrashdi

Bugun, 1 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaevaning AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporasiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash davlatimizning ustuvor yo`nalishlaridan biri ekanligi ta`kidlandi.

Qayd etilganidek, so`nggi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar dinamikasida sezilarli faollik kuzatildi. Bunga ko`p jihatdan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosati yordam berdi.

Bundan tashqari, parlamentlararo aloqalarga katta ahamiyat berilayotgani qayd etildi. O`zbekiston-AQSh parlament hamkorlik guruhi, AQSh Kongressining “O`zbekiston bo`yicha Kokus” o`rtasida muloqotni davom ettirish, demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo`yicha konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish borasida o`zaro fikr almashildi.

AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarda savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investisiya va zamonaviy texnologiya yo`nalishda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda “Doing business 2020” yillik reytingida O`zbekiston eng yuqori ko`rsatkichni ko`rsatgan yigirmata mamlakat qatoriga kirgani e`tirof etildi.  

Senat faoliyati va parlamentdagi ayollarning o`rni, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash hamda O`zbekistonda gender tengligini ta`minlash masalalari bo`yicha ko`rilayotgan choralar borasida ham so`z yuritildi.

Shu bilan birga, AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporasiyasi (DFC) bilan o`zaro manfaatli hamkorlik yo`nalishlari, majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi kurash masalalari va bu borada birgalikda ishlash istiqbollariga urg`u berildi.

Bundan tashqari, bir qator qo`shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan o`zaro takliflar bildirildi.

Jumladan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muammolarni hal etishda parlamentning rolini yanada oshirish maqsadida parlamentarizmni qo`llab-quvvatlash, parlament a`zolari va xodimlarining AQSh tajribasini o`rganish uchun AQSh Kongressida amaliyot o`tashi, O`zbekistonda o`z biznesini boshlamoqchi bo`lgan ayollar uchun innovasion texnologiyalardan foydalanish, qishloq joylarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ayollarga nisbatan zo`ravonlikka qarshi choralarni amalga oshirish hamda odam savdosiga qarshi kurashi bo`yicha takliflar bildirildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1