1

Yana bir fuqaro qiynoqdan vafot etgani aytilmoqda

Jamiyat 01.07.2020, 20:06
Yana bir fuqaro qiynoqdan vafot etgani aytilmoqda

Shu yilning 27 iyun kuni O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining 64/18-sonli muassasasi (Sangorod)dan Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumani Bahor mahallasida istiqomat qilgan, Navoiydagi koloniyada jazo muddatini o`tayotgan 45 yashar mahkum Farruh Xidirovning o`ligi chiqdi. Bu haqda Feysbuk jitimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Abdurahmon Tashanov marhumning foto va videosini ilova qilgan holda o`z sahifasi orqali xabar qilgan. 

"Bilmadim, Feysbuk ijtimoiy tarmog`i postimga ilova qilinayotgan videomateriallarni chop qiladimi-yo`qmi, ijtimoiy tarmoqdagi do`stlarimizdan koloniya tezkor vakillarining vahshiyligi bayon qilingan postimni o`zaro ulashishlarini iltimos qilardim.

Pichoq suyakka etdi! Bular qachongacha “uzr” bilan qutuladi. Bular qachongacha odamni milisiya zo`rovonlari o`ldiradi-yu, javobiga kelganida bloggerlarni ayblashadi.

Qo`yayotgan videolarimga e`tibor bering! Inson zoti shunchalar vahshiymi? Odamzodni shunchalik qiynoqqa solish mumkinmi?

Yaqinlarining aytishicha, Farruh bir necha kun avval uyiga qo`ng`iroq qilib, koloniya xodimlari pul talab qilishayotganini aytgan, va hatto, qandaydir hisob raqamlari ham berishgan ekan.

So`ng uning chalajon tanasini Sangorodga olib kelishibdi. U erda 8 kun davomida o`ziga keltirishga urinishgan, lekin bo`lmabdi.

Oddiy bir huquq himoyachisi, fuqaro sifatida iztirobga tushmoqdaman. Nahotki, hammasi shunday ketaveradi?! Qiynoqlarning, xo`rliklarning oxiri bormi?!

Senat raisi, Respublika Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bu hodisaga ochiq efir orqali to`g`ridan-to`g`ri izoh berishi shart, deb hisoblayman", - deb qoldirgan post muallifi.

Eslatib o`tamiz, bundan avval Chiroqchi tumani va Andijon shahrida ham fuqarolar IIB xodimlari qiynoqlaridan vafot etgan edi. Kuni kecha bo`lib o`tgan yig`ilishda Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu jinoyat ishi bo`yicha mas`ullarni keskin tanqid qilgan edi. Bugun bo`lib o`tgan brifingda ushbu jinoyat ishi ortidan IIB xodimlari qamoqqa olingani ma`lum qilindi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1