O`qituvchilarning pedagogik yuklamasini optimallashtirish, ularni asosiy yuklamadan tashqari boshqa hisobotlar va ortiqcha qog`ozbozlik ishlaridan ozod qilish hamda pedagogikaning mazmuniga ko`proq vaqt ajratishlari maqsadida “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo`yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to`g`risidagi yo`riqnoma”ga o`zgartirish kiritildi.
Bunda umumta`lim maktablarining o`qituvchilari tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha (sinf jurnali (jumladan, elektron ravishda kundalik.com tizimi orqali) qisqartirildi. Bu haqda XTV matbuot kotibi ma`lum qildi.
Bu o`qituvchilarga asosiy e`tiborini dars mashg`ulotlarini yanada qiziqarli qilib o`tishga qaratishi uchun sharoit yaratadi.
Bosqichma-bosqich o`qituvchilar va maktab jamoasi faoliyati xujjatlarni to`ldirishiga qarab emas, balki maktab bitiruvchilarining hayotda muvaffaqiyatga erishishlari bilan baholanishga o`tiladi.






