AsosiyJamiyat

O`zbekiston tarixida birinchi marta elektron qonun hujjati qabul qilindi

'O`zbekiston tarixida birinchi marta elektron qonun hujjati qabul qilindi'ning rasmi

Mazkur hujjat sog`liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan bo`lib, unga asosan tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga resept yozishda dori vositalarining savdo nomini emas, balki uning tarkibidagi ta`sir qiluvchi moddalarni yozish talab etiladi.  Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Bu fuqarolarga tarkibi bir xil bo`lgan dori vositalarini o`zlarining xohishiga asosan sotib olishlariga imkoniyat yaratadi, shuningdek, tibbiyot xodimlari o`rtasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan korrupsiyaviy holatlarni, tibbiyot xodimlari va farmasevtika kompaniyalari o`rtasidagi noqonuniy kelishuvlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Elektron tizimning joriy etilishi bir qator qulaylik va engilliklar yaratadi:

  • Adliya vazirligiga kiritilayotgan hujjat qog`oz shaklida berilmaydi va muhr bilan tasdiqlanmaydi;
  • vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi;
  • hujjatlar bir vaqtning o`zida jamoatchilik muhokamasidan o`tkaziladi;
  • hujjatlarni qabul qilish uchun alohida adliya vazirining buyrug`i qabul qilinmaydi, ular unikal raqam berilgan holda elektron davlat reestriga kiritiladi hamda davlat ro`yxatidan o`tkaziladi;
  • davlat ro`yxatidan o`tkazilgan hujjatlar avtomatik ravishda Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida (www.lex.uz) chop etiladi.

    Boshqa yangiliklar