Bugun poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 1 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 53 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 44 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, jami 152 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi.
SSV matbuot xizmati xabariga ko`ra, hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 5834 nafarni tashkil etmoqda.






