AsosiyJamiyat

"Sil, gepatit, yurak etishmovchiligi va boshqa kasalliklarga chalingan edi..." Qamoqxonada maxkum qiynoqdan o`lgani aytilgan xabarga Bosh prokuratura bayonot berdi

'"Sil, gepatit, yurak etishmovchiligi va boshqa kasalliklarga chalingan edi..." Qamoqxonada maxkum qiynoqdan o`lgani aytilgan xabarga Bosh prokuratura bayonot berdi'ning rasmi

O`zbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda mahkum F.Xidirovning qamoqxonada qiynoqqa solinib, vafot etgani aytilgan xabarlarga rasmiy bayonot berdi.

Aniqlanishicha, mahkum Xidirov 2020 yil 3 iyun kuni Navoiy viloyatida joylashgan 11-son jazoni ijro etish koloniyasidan davolanish uchun IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonasiga keltirilib, sil kasalliklar bo`linmasiga davolanish uchun joylashtirilgan.    

18 iyun kuni shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay u vafot etgan.

Mahkum F.Xidirov 27.11.1975 yilda Toshkent viloyatining Yangiyo`l shahrida tug`ilgan. Muqaddam to`rt marotaba sudlangan. So`nggi, ya`ni 5-marotaba 18.10.2010 yilda jinoyat ishlari bo`yicha Yangiyo`l shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybdor deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilinib, o`ta xavfli residivist deb topilgan.  

Shifokorlarning bergan tibbiy xulosasiga ko`ra, marxum mahkum F.Xidirov ikkala o`pka yallig`langan sili, surunkali virusli gepatit (S), o`pka yurak etishmovchiligi hamda boshqa bir qator inson hayoti uchun o`ta xavfli bo`lgan kasalliklarga chalingan bo`lib, ularning aksariyati uning salomatligiga bir muncha avvalroq jiddiy salbiy ta`sir o`tkazib yuborgan.

Xususan, uning shifoxonada vafotiga yuqorida ko`rsatib o`tilgan inson hayoti uchun o`ta xavfli kasalliklarning surunkali kuchayishi oqibatida yuzaga kelgan asoratlar sabab bo`lgan.

Mahkum F.Xidirovning o`limi holati yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, uning vafot etganligi holatida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli 26.06.2020 yilda jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilingan.  

  • Avvalroq Feysbuk ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Abdurahmon Tashanov marhumning foto va videosini ilova qilgan holda IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining 64/18-sonli muassasasi (Sangorod)dan Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumani Bahor mahallasida istiqomat qilgan, Navoiydagi koloniyada jazo muddatini o`tayotgan 45 yashar mahkum Farruh Xidirovning o`ligi chiqqani haqida o`z sahifasida yozib qoldirgandi. Ammo ko`p o`tmay foydalanuvi bu xabarini sahifasidan o`chirib yubordi. 

IIV bergan axborotda ham video tasvirda ko`rinayotgan qizarishlar bu murda dog`i bo`lib, tan-jarohatlariga aloqasi yo`qligi, mahkum F.Xidirov kasallik tashxisi bo`yicha  IIV va SSVning hamkorlikdagi 2008 yil 13 avgust kunidagi 1854-sonli Qarorida ko`rsatilgan kasalliklar ro`yxatiga to`g`ri kelganligi sababli sud muddatini kutayotgan bo`lgani aytiladi. 

    Boshqa yangiliklar