AsosiyJamiyat

G`uzorlik fuqaro Yangiyo`lga borib, poezdda uyiga qaytgach isitmaladi, ammo shifokorga kech murojaat qilgani tufayli vafot etdi

'G`uzorlik fuqaro Yangiyo`lga borib, poezdda uyiga qaytgach isitmaladi, ammo shifokorga kech murojaat qilgani tufayli vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgan fuqaro haqida ma`lumot berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida yashovchi 64 yoshli  S.H. shu yilning 7 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyul tumaniga borib, 12 iyun kuni Toshkent-Qarshi tezyurar (Afrosiyob) poezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun o`tib, ya`ni joriy yilning 15 iyun kuni tana harorati ko`tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

Bemor (erkak kishi) bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og`ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib,  davolanib yurgan.

29 iyun kuni ahvoli og`irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G`uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimasiyaga bo`limiga ikki tomonlama o`tkir pnevmoniya og`ir darajasi, yurak va nafas etishmovchiligi va qandli diabet og`ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Mutaxassislar tomonidan  standartlar asosida ko`rsatilgan  reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

Ayni paytga qadar koronavirusdan vafot etganlar soni 27 nafarga etdi. 

    Boshqa yangiliklar