1

O`zbekistonda yana 110 kishida virus aniqlandi. Kasallik aholi orasidan chiqishda davom etmoqda

Jamiyat 02.07.2020, 00:05
O`zbekistonda yana 110 kishida virus aniqlandi. Kasallik aholi orasidan chiqishda davom etmoqda

2020 yil 1 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8781 (+110) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 10 nafar Sirdaryo viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Samarqand va 1 nafari Qashqadaryo  viloyatida  koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan. 2907 nafar bemor davolanishda qolmoqda. 

Avvalroq qashqadaryolik 64 yoshli erkakda koronavirus aniqlangani, ammo shifokorlarga kech murojaat qilgani tufayli vafot etgani xabar qilingandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1