1

Yana uch hududda virus aniqlandi. 123 bemordan 9 nafari aholi orasidan

Jamiyat 02.07.2020, 10:00
Yana uch hududda virus aniqlandi. 123 bemordan  9 nafari aholi orasidan

2020 yil 2 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8904 (+123) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda  Sog`liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.

 Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3030 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 16 nafari og`ir, 9 nafari o`ta og`ir ahvolda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1