Yakkabog`da o`zini yoqib yuborgan ayol shifoxonada hayotdan ko`z yumdi

Jamiyat 02.07.2020, 12:40
Yakkabog`da o`zini yoqib yuborgan ayol shifoxonada hayotdan ko`z yumdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Erini qo`shnilari noqonuniy olib qo`yganiga norozilik bildirgan 43 yashar Yakkabog`lik ayol o`ziga o`t qo`yib halok bo`lgani haqida” xabarlar tarqaldi.  

Marhuma Yakkabog` tumani, “Oqtosh” MFY, Bog`zor ko`chasida yashovchi fuqaro M.Abdiazizova bo`lib, u joriy yilning 26 iyun kuni Yakkabog` tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga kuyish tana jarohatlari bilan kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog` tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilib, shu kuni JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, fuqaro M.Abdiazizova qo`shnisi P.Qodirov va E.Pardaevlar bilan er masalasida o`zaro janjallashib kelgan. Joriy yilining 26 iyun kuni fuqaro E.Pardaevning “Oqtosh” MFY raisiga qilgan murojaati asosida mahalla raisi Q.Kenjaev, “Ermulk-kadastr” DK Yakkabog` tumani filiali mutaxassisi B.Xushmurodov va tuman IIB profilaktika inspektori M.Egamberdievlar nizoli er uchastkasiga kelishib, ulardan erga oid hujjatlari so`rashganida, M.Abdiazizova yashash uyi hovlisiga kirib, ustiga benzin sepib chiqib, qo`lidagi gugurt bilan o`ziga o`zi o`t qo`ygan.  

Yakkabog` tumani tibbiyot birlashmasining ma`lumotnomasida, fuqaro M.Abdiazizovaning olgan tan jarohati tananing alangadan 96 foiz, III-IV darajali kuyish ko`rinishida ekanligi ko`rsatilgan.

M.Abdiazizovaga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko`rsatilgan bo`lishiga qaramasdan u 27.06.2020 yilda vafot etgan.  

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi taqdim etilgan ma`lumotda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1