Ijtimoiy tarmoqlarda “Spark haydovchisining qoidani buzishi ayanchli YTHga sabab bo`ldi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma`lumot berildi

Jamiyat 02.07.2020, 13:24
Ijtimoiy tarmoqlarda “Spark haydovchisining qoidani buzishi ayanchli YTHga sabab bo`ldi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Spark haydovchisining qoidani buzishi ayanchli YTHga sabab bo`ldi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Joriy yilning 1 iyul kuni soat 07:00 larda, Namangan viloyati, To`raqo`rg`on tumani hududidan o`tgan “Pungon-Namangan” avtomobil yo`lining 70-kilometrida haydovchi 1993 y.t. M.S. “Spark” rusumli transport vositasini Namangan yo`nalishi bo`yicha boshqarayotib, qoidalarni chetlab o`tib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib, qarshisidan o`z yo`nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi 1956 y.t. R.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli hamda ushbu avtomobil ortida harakatlanib kelayotgan haydovchi 1970 y.t. S.O. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositalari bilan to`qnashuv sodir etgan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur YTH yuzasidan To`raqo`rg`on tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1