Janubiy qutbda rekord darajada harorat ko`tarilishi qayd etildi

Dunyo 02.07.2020, 13:47
Janubiy qutbda rekord darajada harorat ko`tarilishi qayd etildi

So`nggi uch o`n yillikda Janubiy qutbdagi harorat global o`rtacha ko`rsatkichdan uch baravarga ko`tarildi. Bu haqda Nature Climate Change ilmiy jurnalida e`lon qilingan yangi tadqiqotda aytildi.

Olimlar har o`n yilda harorat taxminan 0,6 darajaga ko`tarilganligini aniqladilar, bu sayyoradagi o`rtacha ko`rsatkichdan uch baravar ko`pdir. Ta`kidlanishicha, ushbu hodisaning sabablaridan biri tropik Tinch okeanining sharqida dengiz yuzasi haroratining ko`tarilishi deb aytilmoqda. Issiq harorat Ueddell dengizidagi sikl anomaliyasini qo`zg`atadi, bu esa boshqa geofizik omillar bilan birgalikda Janubiy qutbga iliq nam havoning kelishini osonlashtiradi.

Shuningdek, harorat ko`tarilishida antropogen omil ham muhim rol o`ynagani aytilmoqda. 20 ta meteorologik stansiyalarning ma`lumotlariga ko`ra, Janubiy qutbda harorat ko`tarilishi butun Antarktida uchun o`rtacha ko`rsatkichdan etti baravar yuqori bo`lgan. Avvalroq olimlar Arktika muzliklari qachon to`liq yo`qolib ketishini ma`lum qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1