1

COVID-19 bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolash bo`yicha klinik qo`llanma tayyorlandi

Jamiyat 02.07.2020, 14:00
COVID-19 bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolash bo`yicha klinik qo`llanma tayyorlandi

O`zbekistonda COVID-19 ning engil formasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha Vaqtinchalik klinik qo`llanma ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat ustida mamlakatimiz Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasining ekspertlari ish olib bordilar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur klinik qo`llanma Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti(JSST)ning tavsiyalariga asosan tayyorlangan. 

Ma`lumki, O`zbekistonda 2020 yil 1 iyulgacha COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan barcha bemorlar faqat stasionar sharoitda kuzatuvga olinar va davolanar edi. Shu bilan bir vaqtning o`zida koronavirus infeksiyasining engil formasini yuqtirib, uyida o`zini o`zi izolyasiya qilgan bemorlarni masofadan turib davolashning ilg`or xalqaro tajribalari ustida ham o`rganish olib borildi.Bu stasionar shifoxonalardagi shifokorlarga  COVID-19 ning og`ir formasi bilan kasallangan bemorlarni muvaffaqiyatli davolash imkonini berish barobarida ushbu shifoxonalardagi holatni bir oz engillatishga olib keladi. 

Shuni hisobga olgan holda, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan zudlik bilan mazkur Klinik qo`llanmani ishlab chiqish vazifasi qo`yildi. Bu qo`llanma Milliy palata mutaxassislari tomonidan iyun oyi oxirida tayyorlanib, 1 iyulda Sog`liqni saqlash vazirligiga topshirildi. 

Klinik protokoluy sharoitida davolanayotgan COVID-19 ning engil formasi bilan kasallangan bemorlar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari uchun algoritm harakatini o`z ichiga olgan. Shuningdek unda bemorlar va uning oila a`zolari uchun tavsiyalar, bemor uyida o`zini o`zi kuzatish jarayonini aks ettirib, natijasini yozib borishi zarur bo`lgan varaq  ham o`rin olgan. 

COVID-19 ning engil formasi bilan kasallangan bemorlar bilan ishlaydigan Sog`liqni saqlash tizimi xodimlari uchun tavsiyalar asosida bugungi kun sharoitiga to`g`ri keladigan klinik isbotlar, tegishli amaliyot jihatlari, shuningdek, ekspertlar xulosalari keltirilgan. 

Klinik protokol zarur bo`lgan kishilar — eng avvalo shoshilinch tibbiy          yordam shifokorlari, umumiy amaliyot shifokorlari, infeksionistlar, bolalar infeksionistlari, terapevtlar, pediatrlar, pulmonologlar, otorinolaringologlar, kardiologlar, nevropatologlar, reabilitologlar, sog`liqni saqlash tashkilotchilari, hamshiralardir. 

Hujjatda belgilanganidek, COVID-19 ning engil formasi bilan kasallanishda shubha uyg`otgan bemorlarni kuzatish ishlarini qaerda olib borish haqidagi qaror — tibbiyot muassasasidami yoki uydami, — har bir aniq vaqtda qabul qilinishi kerak, shuningdek, klinik holatga ham, yordamchi terapiyaga ehtiyojga, kasallikning og`ir asoratining rivojlanish xavfining potensial omillariga va uy sharoitiga (boshqa yordamga muhtoj shaxslar bilan birga yashashni inobatga olgan holda) bog`liq bo`lishi mumkin. 

Bemorni uy sharoitida davolashni tashkil etish haqidagi masala quyidagi holatlarda ko`rib chiqiladi: kasallikning engil formasida yoki belgilarining kam ko`rinishida, albatta, shunday sharoitdaki, qachonki kutilmaganda og`irlashib ketish xavfi bo`lmasa. 

Qayd etilishicha, bemor va uning oila a`zolariga doimiy ko`mak ko`rsatilishi kerak. Ular bilan sanitar-tushuntirish ishlari olib borilishi va butun davolash jarayonida ular holatini doimiy ravishda kuzatib borish kerak bo`ladi. 

Shuni qo`shimcha qilamizki, Sog`liqni saqlash vazirligi va O`zbekiston Milliy palatasi mutaxassislari tomonidan COVID-19 bilan kasallangan barcha bemorlarni stasionar sharoitda davolash bo`yicha Vaqtinchalik tavsiyalar joriy yil may oyida tayyorlangan. Va ushbu tavsiyalar Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi mutaxassislari tomonidan Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining yangi tavsiyalaridan kelib chiqib, iyun oyida yangilangan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1