Jizzax shahriga kirish-chiqish qattiq nazoratga olindi, 4 ta mahallada koronavirusdan zararlanganlar aniqlandi.
Shahar hokimining 2020 yil 1 iyuldagi №796-sonli qaroriga muvofiq, 2 iyuldan boshlab shaharga kirish va chiqish qattiq nazorat ostiga olindi.
«Qaliya», «Bunyodkor», «Zilol» va «Madaniyat» mahallalari hududlariga kirib-chiqish to`xtatildi. Bunga qadar viloyatning Sharof Rashidov, Do`stlik va G`allaorol tumanlari «qizil» hudud toifasiga kiritilgan edi. 29 iyun kuni Jizzaxda tug`ilgan kunda koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli otaxon vafot etgani to`g`risida xabar berilgandi.
30 iyun kuni O`zbekistondagi tuman va shaharlar epidemiologik toifalari ro`yxati yangilangan. Yangi ro`yxatga ko`ra, Sharof Rashidov tumani «qizil», qolgan barcha tumanlar «yashil» hududga kiritilgan edi.






