1

Turoperatorlar va aviatashuvchilar tomonidan ham xorijiy mamlakatlardagi fuqarolarimizni respublikaga olib kelishga ruxsat berilganligi rostmi?

Jamiyat 02.07.2020, 15:11
Turoperatorlar va aviatashuvchilar tomonidan ham xorijiy mamlakatlardagi fuqarolarimizni respublikaga olib kelishga ruxsat berilganligi rostmi?

O`zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo`yicha e`lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan berilgan savol va murojaatlarga Adliya vazirligi javob berdi.

Savol: Turoperatorlar va aviatashuvchilar tomonidan ham xorijiy mamlakatlardagi fuqarolarimizni respublikaga olib kelishga ruxsat berilganligi rostmi? 

Javob: Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko`ra koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan (qizil reyslar) O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga o`z hohishiga ko`ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to`lagan holda mehmonxonada o`tkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi. Xususan: 

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantirilgan ro`yxatga kiritilgan mehmonxonalar ularga tegishli ob`ektlarni 24 soat uzluksiz qo`riqlash bo`yicha Milliy gvardiya bilan shartnoma tuzadi.

Ushbu mehmonxonalarda tibbiyot muassasalari tomonidan shartnoma asosida kundalik tibbiy xizmat tashkil etiladi.

Fuqarolar respublikaning xalqaro aeroportlari va chegara o`tkazish punktlaridan mehmonxonalargacha yo`l patrul xizmati vakillari kuzatuvi ostida transport vositalari bilan etkaziladi.

Bundan tashqari, barcha yuqorida qayd etilgan talablarga qat`iy rioya etgan holda, karantin nazorati davrini o`tkazish uchun mehmonxonalarda joylashtirish sharti bilan xorijiy mamlakatlardagi O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va O`zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo`lgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni turoperatorlar va aviatashuvchilar tomonidan ham respublikaga etkazib kelish reyslari tashkil qilinishiga ruxsat berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1