1

Toshkentdagi yana bir ko`cha 14 kunga yopildi

Jamiyat 02.07.2020, 15:34
Toshkentdagi yana bir ko`cha 14 kunga yopildi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, 2020-2021 yillar Toshkent shaxrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi doirasida 3 iyuldan Yunusobod tumani Ahmad Donish ko`chasining Anorzor ko`chasiga burilish uchun mo`ljallangan qo`shimcha ko`chadan o`tuvchi magistral issiqlik tarmog`ini kapital ta`mirlash ishlari boshlanmokda.

Mazkur magistral issiqlik tarmog`ining kapital ta`mirlanayotgan qismida oxirgi 3 yil davomida 17 ta avariya holatlari qayd etilgan.

Ta`mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta`minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi.

Ish jarayonida Ahmad Donish ko`chasining Anorzor ko`chasiga burilish uchun mo`ljallangan qo`shimcha ko`cha to`liq yopiladi va ushbu yo`nalishdagi avtotransport qatnovi asosiy yo`ldan amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo`llardan foydalanishlari tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1