AsosiyJamiyat

Bo`sh turgan ob`ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tashkil etildi

'Bo`sh turgan ob`ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tashkil etildi'ning rasmi

“Bo`sh turgan ob`ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-4771, 01.07.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK negizida Agentlik huzuridagi Bo`sh turgan ob`ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi.

 Markazning asosiy vazifalaridan biri mulkchilik shaklidan qat`i nazar barcha toifadagi bo`sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, shuningdek, davlat mulki ob`ektlarini ijaraga berishni tashkil qilish hisoblanadi.

 Markaz davlat boshqaruv organi hisoblanadi va davlat oraganlaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlardan hamda boshqa tashkilotlardan zarur bo`lgan axborot va materiallarni so`rab olish huquqiga ega.

Markaz bo`sh turgan ob`ektlardan samarali foydalanish bo`yicha ko`rilayotgan choralar to`g`risida har yili 1 aprelga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.

2020 yil 1 sentyabrdan:

* barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo`llash orqali rasmiylashtiriladi;

*“E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi:

• auksionda shaxsini identifikasiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali ishtirok etiladi;

•  davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtiriladi;

•  savdolarda mavjud bo`lgan lotlar haqida batafsil ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalog yaratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar