1

Karantin tadbirlari davrida kam ta`minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar beriladi

Jamiyat 02.07.2020, 19:46
Karantin tadbirlari davrida kam ta`minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar beriladi

COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko`rish loyihasi amalga oshiriladi

“Jahon banki ishtirokida “O`zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko`rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4772-son, 02.07.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan “O`zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko`rish” loyihasi parametrlari tasdiqlandi.

 Loyihaning maqsadi O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko`rish uchun sog`liqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam ta`minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishdan iborat.  

Loyihaning umumiy qiymati 106 757,1 ming dollarni tashkil etadi.  

Sog`liqni saqlash va Moliya vazirliklari Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (XTU) kreditidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas`ul hisoblanadi.

XTU kreditidan samarali foydalanishni monitoring qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sotib olinadigan tibbiy buyum, tibbiy texnika va jihozlar ro`yxati tasdiqlanadi.

Loyiha doirasidagi mablag`lar hisobidan ishsizlik bo`yicha nafaqalarning manzilli ajratilishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1