Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining xodimlari koronavirusga chalingani tasdiqlandi

Jamiyat 02.07.2020, 21:13
Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining xodimlari koronavirusga chalingani tasdiqlandi

So`nggi kunlarda internet ijtimoiy tarmoqlarida Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi xodimi S.Ahmadovning O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilib, o`zi faoliyat olib borayotgan shifoxonadagi ayrim xodimlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo`lsa-da, mas`ullar tomonidan hech qanday chora ko`rilmagani bayon etilgan edi.

Tegishli mutaxassislar tomonidan olib borilgan o`rganish va surishtiruv ishlariga ko`ra haqiqatan ham mazkur tibbiyot muassasasining reanimasiya bo`limida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining bir necha nafarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning dastlabki holatlari qayd etilganligi o`z tasdig`ini topgan. 

Yuqoridagilarni inobatga olib, sog`liqni saqlash boshqarmasining 2020 yil 23 iyundagi 132-sonli buyrug`iga asosan Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining reanimasiya bo`limi karantinga yopilib, huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo`riqqa olingan.

Shuningdek, muassasada faoliyat olib borayotgan boshqa barcha tibbiyot xodimlari, bemorlar hamda ular bilan yaqin muloqotda bo`lgan barcha fuqarolar umumiy nazoartga olinib, karantin tartiblari qat`iylashtirilgan, deb bayonot bermoqda Navoiy Viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1