AsosiyJamiyat

Aholi orasidan Jizzaxda 27 nafar, Toshkentda 20 nafar odamda koronavirus aniqlandi

'Aholi orasidan Jizzaxda 27 nafar, Toshkentda 20 nafar odamda koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 2 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9078 (+82) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Jizzax viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 27 nafari aholi orasida), 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida), 17 nafar Toshkent viloyatida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6034 (+187) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3017 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar